✅ Memorandumda belgilangan asosiy maqsad va vazifalar:
🔵 Prezident maktabida to‘plangan ilg‘or tajribalar va zamonaviy o‘qitish uslublarini o‘rganish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari tinglovchilari orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yetkazish.
🟢 Mahorat markazida Prezident maktabi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv seminar-treninglar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.
🟡 Mahorat markazi kengash yig‘ilishlarida Prezident maktabida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy mutaxassislar va o‘qituvchilarni taklif etish va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.
⚪️ Mahorat markazida Prezident maktabida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy mutaxassislar va o‘qituvchilari bilan ilmiy-ijodiy hamkorlikni amalga oshirish, ilmiy-amaliy anjumanlar va konferensiyalar o‘tkazish.
🔴 Prezident maktabida har oyda bir marotaba Pedagogik mahorat maktabining professor-o‘qituvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazish, unda Prezident maktabida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy mutaxassislarni ish faoliyati va o‘qituvchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishishga sharoit yaratib berish.
⚫️ Ta’kidlangan natijalarga qanday faoliyat turi asosida erishilganligini asoslab berish uchun davra suhbatlari o‘tkazish.
Prezident maktabida va mahorat markazida Prezident maktabi professor-o‘qituvchilari tomonidan master-klass (mahorat darslari), o‘quv seminar, seminar-treninglar, taqdimotlar tashkillash.
🟢 Mahorat markazida tashkil etiladigan tadbirlarda o‘z mutaxassislarini ishtirokini ta’minlash (mahorat markazi kurs tinglovchilari bilan).
🔄 Hududiy markaz va Prezident maktabi hamkorlikda maktab ta’limi muammolari, yechimlari va sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.