2024-yil 9-oktabr kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchilari X.Xamrakulov va X.Xashimova tomonidan informatika va axborot texnologiyalari hamda biologiya fanlari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Pedagog-xodimlar uchun etika qoidalarining mazmun-mohiyati va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini katta o‘qituvchi X.Xamrakulov kirish so‘zi bilan ochib, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi O‘RQ-901-son Qonuni 7-moddasida pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda pedagogik etika qoidalariga rioya etishi shartligi, 8-moddasida pedagogik etika qoidalari pedagog o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi chog‘ida amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar majmuidan iboratligi, pedagogik etika qoidalari ta’lim tashkilotlari uchun tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi, pedagogik etika qoidalarini bilish va ularga amal qilish pedagogning o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishining sifat ko‘rsatkichlarini hamda pedagogning mehnat intizomini belgilaydigan mezon ekanligi, pedagogik etika qoidalarining pedagog tomonidan buzilishi uni mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi belgilab qo‘yilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan u mazkur Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 12-iyundagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 187-sonli buyrugʻi qabul qilinganligini aytib, pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarining mazmun-mohiyatini tushuntirib berish uchun X.Xashimovaga so‘z navbatini berdi.

X.Xashimova o‘z so‘zida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarining maqsadi va vazifalari, unda belgilangan talablar, qoidalarga rioya qilish taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim muassasalari hududi doirasida majburiyligi, taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari taʼlim muassasalarida amal qilinishi lozim bo‘lgan etika qoidalari, pedagog-xodimlarning mehnat faoliyati davomida kiyinish madaniyatiga boʻlgan talablar, taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi boʻyicha belgilangan talablar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

📼 X.Xamrakulov davra suhbatida uning so‘zlarini davom ettirib, taʼlim muassasasi hududida pedagog-xodimlarga qoʻyiladigan talablar haqida ma’lumot berdi hamda Maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasasining pedagog-xodimlari Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari bilan har yangi oʻquv yili boshida “Pedagogik kengash”da tanishtirilishi lozimligi, mazkur qoidalarda aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etilishi kerakligini tushuntirib o‘tdi.  Tadbir yakunida katta o‘qituvchilar X.Xamrakulov va X.Xashimovalar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *