Yurtimizning barcha hududlarida 21 oktyabr – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o’tkazilmoqda.
Bugun erta tongdan o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning Farg’ona shahridagi haykali yonida sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari va mudofaa tizimlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirda Hududiy markaz direktori boshchiligida professor-o‘qituvchilar, bo‘lim xodimlari va tinglovchilar ham ishtirok etdi. Tadbir davomida o’zbek tilini ulug’lovchi she’rlar yangradi, va tadbir so‘ngida Alisher Navoiy haykali poyiga gul chambarlar qo‘yildi.