Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 28-dekabr 577-son buyrug‘iga asosan So‘x tumanidagi mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagog kadrlariga qulaylik yaratish maqsadida Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan ko‘chma malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda.
Ayni paytda navbatdagi yig‘ilish Hududiy markaz direktori Maftunaxon Odilxo‘jayeva tomonidan videokonferensiya orqali So‘x tumanidagi ko‘chma malaka oshirish kurslariga jalb etilgan professor-o‘qituvchilar uchun bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilish davomida rahbar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 334-sonli va 336-sonli buyruqlari ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.