Ma’lumki, 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori asosida 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinmoqda.

Shu munosabat bilan 2024-yil 11-yanvar kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchilari A.Nishonov va X.Xamrakulov tomonidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish sho‘basi bosh metodisti N.Usmonov, Pedagoglarning bilimi hamda ko‘nikmalarini baholash sho‘basi metodisti D.Siddiqov ishtirokida malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish bo‘yicha pedagogika markazida malaka oshirayotgan matematika o‘qituvchilari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarini pedagogika markazi o‘qituvchisi A.Nishonov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligini ta’kidlab, bu haqida atroflicha ma’lumot berish ychun  viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Pedagoglarning bilimi hamda ko‘nikmalarini baholash sho‘basi metodisti D.Siddiqovga so‘z berdi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Pedagoglarning bilimi hamda ko‘nikmalarini baholash sho‘basi metodisti D.Siddiqov 2024-yildan boshlab joriy qilinadigan malaka toifasini berishning yangi tartibiga ko‘ra malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkazilishi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanishi, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilishi hamda kiritilayotgan boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida gapirib berdi.

O‘quv seminarida “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xamrakulov tinglovchilarga attestatsiya yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrug‘i (qarori) bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanishi hamda ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinishi, vakolatli vazirliklar tomonidan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash shakli hamda jadvali har yili 10-mart va 10-oktabrga qadar tasdiqlanib, ularning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda SMS-xabarnoma orqali pedagog kadrlarga yuborilishi haqida ma’lumot berdi.

O‘quv seminari davomida Pedagogika markazi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *