Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi texnologiya fani metodisti G.Mamatova va Farg‘ona shahar 30–umumiy o‘rta ta’lim maktabi texnologiya fani o‘qituvchisi B.Maxmudova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Mahorat darsi tashkil etildi.
Dars davomida asosan Robototexnika va Arduino, ularning turmushimizdagi o‘rni haqida tinglovchilarga ko’rgazmali qurollardan foydalanib ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulot jarayonida tinglovchilar ham faol qatnashdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *