Joriy yilning 2-fevral kuni Ixtisoslashtirilgan  ta’lim  muassasalari  agentligi tizimidagi  Toshloq  tumani  ixtisoslashtirilgan maktabida tumanning umumta’lim maktablari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu trening “Ta’lim tizimi yangi islohotlari” shiori ostidagi treningda “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishda mezonlarga asoslangan  baholash tizimi ahamiyati”, Pedagogik Markaz Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari faoliyati  haqida” va “Direktorlar kengashi va menedjerlar kurslari” mavzularida viloyat MMTB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Odilxujayeva, viloyat Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Fizika fani metodisti Sh.Axunjanova, direktorlar kengashi a’zosi Nasiba Jo‘rayevnalar tomonidan olib borildi. Trening davomida qatnashchilar kerakli ma’lumotlar bilan birga ko‘tarinki ruh bag‘ishlovchi motivatsiyalarga ega bo‘ldilar va ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘ldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *