Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi.
Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo’lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag’ishlagan. Bobokalonimiz faqat Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham ko’plab xayriya uylari, ko’prik va rabotlar, hovuzlar barpo ettirgani tarixdan bizga ma’lum. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o’z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko’makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo’lgan.