⚡️Joriy yilning 8-fevral kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan Marg‘ilon shahar MMTBga qarashli 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Metodik tur” asosida metodik yordam ko‘rsatildi.
  

Ushbu tashrif davomida darslar tahlil qilinib, fan o‘qituvchilariga kerakli tavsiyalar berildi. Xususan, fan metodbirlashma hujjatlari fan metodistlari ishtirokida ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan to‘liq tushuncha va tavsiyalar berildi.
“Metodik tur” yakunida maktabning barcha fan metodbirlashma rahbarlari ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazilib, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *