Bugun Farg’ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda barcha tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari vakillari hamda o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari uchun o’quv seminar tashkillandi.
Ushbu seminar jarayonida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli va 7-fevraldagi 32-sonli yangi buyruqlari fan metodistlari tomonidan taqdimotlar orqali batafsil yoritib berildi.
O’quv jarayoni davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.