Joriy yilning 15-fevral kuni Farg’ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda tarix fani kursi tinglovchilari, kurslarga mas’ul professor-o‘qituvchilar Z.Mamatqulova va Sh.Qoraboevlar boshchiligida Farg‘ona viloyat harbiy qism qoshida tashkil etilgan tarixiy muzeyga tashrif buyurishdi.

Muzeyda tashkil etilgan eksponatlar, tarixiy ma’lumotlar, muzey va undagi jihozlar bilan tanishtiruvchi – ekskursavod ma’ruzalari, ijodiy va ijobiy kayfiyatdagi qiziqarli savol-javoblar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *