Markaz tarixi toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot
Fargʼona viloyati pedagogik mahorat markazi ilk bor 1945 yil 2 yanvarda Fargʼona viloyati oʼqituvchilar malakasini oshirish instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1996 yildan viloyat pedagog xodimlar malakasini oshirish instituti sifatida faoliyat yuritgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2001 yil 10 oktyabrdagi 146-sonli buyrugʼi va Fargʼona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining 2001 yil 27 avgustdagi 162-sonli buyrugʼi bilan viloyat pedagog xodimlar malakasini oshirish instituti Viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantirildi.
Institut 2004 yilda viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga, 2006 yilda viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3289-sonli qarorining 1-bandiga asosan viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Fargʼona davlat universiteti tasarrufiga berildi hamda uning negizida Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tashkil etildi.
Hududiy markaz Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-sonli qarori, Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 45-son va Oliy taʼlim vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 70-q/q-sonli qaroriga asosan qayta tashkil etildi va Fargʼona viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi deb nomlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022 – 2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-134-son Farmoniga asosan Fargʼona viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi negizida Fargʼona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʼrgatish milliy markazi tashkil etildi.