Bugun Farg’ona viloyati pedogoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi tomonidan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 4K ko’nikmalarini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi o‘quv seminari bo’lib o’tdi.
“4K” modeli ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuv bo’lib, bugungi seminarda 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang’ich ta’lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari hamda shart-sharoitlari va pedagogik jarayonlarda uning amaliy ahamiyati, shuningdek, boshlang’ich sinf darslari samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning tamoyillari haqida so’z yuritildi.