Bugun Farg‘ona viloyati PYMO‘MMda “English Speaking Nation: Secondary Teachers Training” (ESN:STT) dasturi doirasidagi o‘quv trening birinchi kuni o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur treningda Farg‘ona viloyati MMT boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Dasturning birinchi kunida ishtirokchilarni kutib olish, ular bilan yaqindan tanishish hamda ushbu dasturning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish o‘rin olgan. Mashg‘ulot davomida interfaol usullardan foydalanish, darsni rejalshtirish kabi mavzular yuzasidan fikrlar almashildi. Ishtirokchilar mashg‘ulot davomida juda ham faol ishtirok etdilar. O‘qituvchilar bilan “6 Ps and TETE Content” kursi olti kun (22-28 mart) davomida bo‘lib o‘tadi va ular bilan intensiv mashg‘ulotlar olib boriladi.