Joriy yilning 25-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 25-27-mart kunlari oʻtkaziladigan “Metodik marafon”ga start berildi.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan o’tkazilayotgan “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada markaz metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari, yoʻnalishlar boʻyicha trener o’qituvchilar ishtirok etmoqda.
Konferensiyada taʼlim mazmunini belgilash, taʼlim jarayonini tashkil etish, metodik taʼminotni mustahkamlash, oʻquvchilarni baholash va taʼlim muassasalarida inklyuzivlikni taʼminlashga qaratilgan turli muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.