Joriy yilning 26-27-mart kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Metodik marafon” tashkil etildi.
Farg’ona shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Metodik marafon”da umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida o‘qitishni ta’minlash, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar bilan ishlash, metodik bo‘shliqlar va ehtiyojlarga ko‘ra kasbiy mahoratini rivojlanishiga ko‘maklashish hamda metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan master – klasslar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, marafon davomida barcha tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan 125 nafar PISA bo’yicha viloyat trenerlari o’qish savodxonligi. tabiiy fanlar va matematik savodxonlik doirasida o’zlari uchun kerakli yangi ma’lumotlarni oldilar.