Joril yilning 29-mart kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xamrakulov va “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi A.Nishonov tomonidan ingliz tili o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-53-son qarorining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida X.Xamrakulov tinglovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-53-son qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. U o‘z so‘zida Prezidentning mazkur qaroriga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinov tariqasida quyidagi tartibni joriy qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanganligini ta’kidlab o’tdi:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflarida tayanch o‘quv rejasi asosida o‘qitish bilan bir qatorda “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” hamda “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha ham ta’lim dasturlarini joriy qilish;

“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida – o‘quv jarayonini tashkil etishda asosiy e’tiborni aniq, tabiiy yoki xorijiy til fanlariga qaratish, “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi doirasida esa – o‘quvchilarni ishchi yoki raqamli texnologiyalarga oid kasblarga o‘qitish. Shuningdek, u ishtirokchilarga mazkur qaror asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish borasida kutilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

 

Shundan so‘ng A.Nishonov so‘zga chiqib, tinglovchilarni qarorda o‘quv jarayoni “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun amaldagi tayanch o‘quv rejasi doirasida moslashuvchan o‘quv rejani ishlab chiqish, tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish amaliyotini boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etish borasida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. Shuningdek, u qarorning ahamiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berdi.

Davra suhbati davomida Pedagogika markazi mutaxassislari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar. Davra suhbatini tashkil etishda ommaviy axborot vositalari materiallaridan, davlat boshqaruvi idoralari mas’ul xodimlarining Davlat dasturining ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalaridan foydalanildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *