Bugun Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Farg‘ona viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi bilan hamkorlikda “Sifatli ta’lim-taraqqiyot tayanchi” shiori asosida “Futbol mashg‘ulotlarini umumta’lim maktablarida o‘rgatish metodikasi” mavzusida o‘quv – amaliy seminar tashkillandi.
Farg‘ona shahar 13-maktabda tashkil etilgan O‘quv-amaliy seminarni maktab derektori SHaropov Nuriddinbek ochib berdi. O‘quv-amaliy seminarda shu maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari R.I.Nishonov va A.Shodiyev hamda Farg‘ona viloyati PYMO‘MM Jismoniy tarbiya va ChQBT fanlari metodisti A.Urinovlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Seminar qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.