Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedra mudiri G‘anijon Xoshimov hamda “Musiqa madaniyati” kursi tinglovchilari bilan birgalikda “Onalarga ehtirom” festivali doirasida navbatdagi bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni pedagogik markazning v.v.b. direktori Xavasxon Shokirova ochib berdilar va jamiyatda onalarning tutgan o‘rni, onalar hayotimiz bog‘boni va kelajak fidoyilari ekanligi, onalar har kuni izzatda, ehtiromda bo‘lishlari zarurligi haqida so‘zladilar.

Tadbirda pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari va ushbu hafta malaka oshirayotgan tinglovchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida kurs tinglovchilari tomonidan onalarni madh etuvchi she’rlar, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *