Bugun Pedagogik markazimizning Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri G.Raximova va maktab amaliyotchi psixologlar 1-guruh kursi tinglovchilari bilan birgalikda vebinar darsi tashkil etildi.
“Ota-onalarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish” mavzusida darsni Bog‘dod tumani psixologlari M.Usmonova, N.Abdullayeva, Sh.Kenjayeva va B.Muxammadaliyevalar tashkil etildilar. Vebinar darsi mazmunli va qiziqarli tarzda tashkillandi hamda yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.