Bugun Farg‘ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko’rsatish milliy markazi ona tili va adabiyot fani metodisti M.Eraliyeva tomonidan milliy markaz ona tili va adabiyot fani kursi tinglovchilari uchun “Metodist soati” tashkillandi.

Unda fan metodisti tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik tavsiya va qo’llanmalarning saviyasi, yo’l qo’yilgan xatolar haqida batafsil ma’lumot berildi hamda bundan keyingi yilda bu kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik, yanada e’tiborliroq bo’lish kerakligi bo’yicha tushunchalar berildi. Tinglovchilar ushbu “Metodist soati” davomida ommalashtirish ishlarini tayyorlash hamda platformaga joylashtirish bo’yicha barcha savollariga batafsil javob oldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *